“Modda tuzilishi” FANIDAN MA’RUZALAR MATNI

- Author: Kenjayev D.R.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Termiz
- Year: 2014
- Views: 18
Kimyo fanining o`rganish metodlarining kimyoviy xususiyatlarini o`rganish demakdir.
Kimyoviy jarayon xossalari ma’lum bo`lgan moddalardan xossalari aksariyat hollarda noma’lum
bo`lgan yangi moddalarni olish demakdir. Ikkala holda ham boshlang`ich va yangidan hosil
bo`lgan moddalarni to`liq harakterlash (identifikatsiya) qilish uchun ularni kimyoviy va ayniqsa
hozirgi zamon fizik –kimyoviy usullar yordamida tekshrish kerak bo`ladi. Ma’lumki kimyoda
“tartib – tuzilish va xossa” uchburchagining aniq bo`lishi hal qiluvchi rol o`ynaydi.
Shuning uchun “Modda tuzilishi” kursi uzoq vaqtlar davomida fizikaviy kimyo kursining
boshlang`ich va eng asosiy qismlaridan biri bo`lib xisoblanib keldi. Ammo keyingi paytlarda
atomlar, molekulalar, kristall va polimer moddalarga tegishli ma’lumotlarning ko`payganligi va
va modda tuzilishini o`rganoishning turli –tuman usullari yaratilganligi tufayli va bu
ma’lumotlar kimyoning hamma sohalarida bab –barobar ishlatilayotganligi uchun “Modda
tuzilishi” universitetlarda alohida fan sifatida o`qitila boshlanadi.