ONA TILI

- Author: Shodiyev F. T
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Samarqand
- Year: 2025
- Views: 40
Til – tafakkur, tarix va tabiat hamda taraqqiyotning tengsiz tarjimonidir. Ona
tili esa Bosh qomus kabi erkli millatning tarixiy va muqaddas hujjatidir.
Darhaqiqat, har bir millat o‘z ona tili orqali ajdodlardan avlodlariga milliy
tajribasini, qaymoq va ibratli qaynoq tarixini, yangilangan hamda yuksalgan
dunyoqarashini, olmos tafakkurini, tarbiya tutumini ulashadi. Shuning uchun ham
til kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy ong mahsuli sifatida
yuzaga kelgan moddiy, ma’naviy va madaniy boyliklarning ifodasi bo‘lgan
murakkab tizimdir. Tilning tabiati, mohiyati, jamiyatda tutgan o‘rni, ichki
mexanizmi va ishlash tamoyillarini ilmiy nazariy jihatdan idrok etishga intilish, uni
ta’riflashdagi turlicha nuqtai nazarlar ifodasida yaqqol ko‘zga tashlanadi