BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH METODIKASI

- Author: Sh.Fayzullayev
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Samarqand
- Year: 2020
- Views: 16
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiytexnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari
tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash,
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash,
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va
texnologiyalarni tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual,
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish
maqsadida «2017 – 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2707-sonli qarori
(29.12.2016y.), «Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3276- sonli
qarori (15.09.2017y), «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori
(09.09.2017 y.), «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3305-sonli qarori
(30.09.2017 y.), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5198-sonli Farmoni
(30.09.2017 y.) qabul qilindi. Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz
ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy
xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va
ma’lumotning 70 foizini 7 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi.