166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

PEDAGOGIKA

PEDAGOGIKA

  • Author: 0 ‘. M. Asqarova
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: toshkent
  • Year: 2008
  • Views: 274
Sign up for read

Aziz talabalar! Yangi o‘quv yilidan boshlab pedagogika kursiga 
aloqador fanlarni o‘zlashtirishga kirishasiz. 0 ‘qitish, tarbiyalash va 
ma’lumotning mohiyati, mazmuni ularni kishilik jamiyatida tutgan 
o‘rni, maqsadi, vazifalari bilan tanishib borar ekansiz, o‘qitish va 
tarbiyalash usullarini egallagan holda, o‘z ixtisosliklaringiz bo‘yicha 
yetuk mutaxassis bo‘lmog‘ingiz uchun sizlarga nimalar zarurligi 
haqida ilmiy bilimlarni olasiz.
Siz barkamol avlodni har tomonlama kamol toptirishdek ulkan 
ishga bel bog‘lagansiz. Shu boisdan ham Siz ta’lim-tarbiya borasida insoniyat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklardan xabardor 
bo'lishingiz bilan birga, ularni yosh avlodga yetkaza olish malakasiga ega bo‘lmog‘ingiz darkor. Chunki tarbiyachi tarbiyalanuvchini 
hayotga tayyorlamog‘i uchun, avvalambor o‘zi hayotni chuqur idrok qilmog‘i kerak.