DASTURLASH TILLARI ASOSIDA MATEMATIK MASALALARNI YECHISH
- Author: Aminov I.B., Suyarov A.M.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Samarqand
- Year: 2019
- Views: 57
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, uning
mazmunini yangilash, o’qituvchining kasbiy bilim va tayyorgarligini
oshirish, o’quvchilarning shaxsiy tajribalarini boyitish, ularni ijtimoiy
hayotga tayyorlash sohasida keng ko’lamli izlanishlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish yo’llari
izlanmoqda. Bularning barchasi zamonaviy maktab ta’limining umumiy
yo’nalishini belgilash, dunyo miqyosida uning rivojlanishiga ta’sir
ko’rsatadigan omillarga keng yo’l ochish imkonini beradi. Buning
uchun, avvalo, uzliksiz ta’lim tizimining barcha shakldagi ta’lim
muassalarida ta’lim jarayoni sifatida ta’minlovchi ilg‘or ilmiy-metodik
jihatdan asoslangan zamonaviy o’qitish texnologiyalarni amalda oshirish
lozim.