Zamonaviy dasturlash tillari
- Author: H. RAHIMOV, T. DEHQONOV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2009
- Views: 48
Zamonaviy kompyuterlarda turli dasturlash tillari keng qo’llanilmoqda. Bu dasturlar iqtisodiyot,
boshqarish, xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarishning turli sohalarida muhim ahamiyatga molik
masalalarni hal qilishda ba’zan yagona omil bo’lib qolmoqda. Zamonaviy ishlab chiqarish
korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish va avtomatlashtirishda dasturlashning
ahamiyati katta. Sanoatning turli sohalarida ishlatilayotgan avtomatlashtirilgan jihozlar, robot
texnikalari ham turli algoritmik tillarda yozilgan ma’lum dasturlar asosida kompyuterlar yordamida
boshqariladi. Bu esa o’z navbatida, ishlab chiqarish korxonalarida xizmat qilayotgan, nafaqat
boshqaruv xodimlari va muhandislariga, balki ishchilarga ham dasturlash tillarini puxta egallashlarini
taqozo etadi.