O‘ZBEK DIALEKTOLOGIYASI
- Author: Ashirboyev Samixon
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2021
- Views: 59
“O‘zbek dialektologiyasi” o‘zbek millati tilining bir ko‘rinishi bo‘lgan uning
shevalari to‘g‘risidagi fandir. Har bir xalq o‘z mahalliy shevalarida muloqot
yuritadi, binobarin, xalq o‘z shevasi bilan birga yashaydi va sheva ham xalqning
butun borlig‘ini, moddiy va ma’naviy dunyosini, his-tuyg‘ularini ifoda qiladi
hamda bu jarayonda u to‘xtovsiz rivojlanish sari faoliyatda bo‘ladi va boyib
boradi. Uning boyligi fonetik, grammatik va leksik sathlarda namoyon bo‘ladi.
“O‘zbek dialektologiyasi” fani shevalarimizning barcha qirralari bo‘yicha
talabalarda bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qiladi va shu orqali til bilimlari
to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradi.