BOSHLANG'ICH SINFLARDA GEOMETRIYA ELEMENTLARI
- Author: N.A.Abdullayeva
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Hayot nashri
- Year: 2024
- Views: 40
Mazkur o'quv qo'llanma boshlang'ich sinf o'qituvchilari hamda Boshlang'ich ta‘lim yo'nalishi talabalari uchun yaratilgan bo'lib, uslubiy qo'llanma o'quv rejada keltirilgan Matematika o'qitish metodikasi va Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi fan dasturlaridagi geometriyaga oid mavzularining barchasini qamrab olgan. Boshlang'ich matematika kursida beriladigan geometriya elementlari mavzulari kengaytirilgan va nisbatan chuqurroq yoritilgan bo'lib, ulardan nafaqat Boshlang'ich ta‘lim yo'nalishi talabalari, boshlang'ich sinf o'qituvchilari ham foydalanishlari mumkin. Geometrik shakllar, uzunlik va yuza o'lchov birliklari, geometrik mazmundagi masalalar va ularni yechish usullari ham nazariy ham amaliy yoritilgan. Boshlang'ich sinflar dasturida beriladigan geometriya elementlarini o'rgatish usullari, qiziqarli misol – masalalar va hisoblashning turli usullarini ko'rsatib berilgan.