MAKTABGACHA PEDAGOGIKA
- Author: SH.SODIQOVA
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2013
- Views: 35
0 ‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jam iyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo'lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo'lib kelgan. Tabiiyki, hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtboshimiz l.A.Karimov ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: “Vatanimizning kelajagi. xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro1 - e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib - o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir.” 1— deb alohida ta’kidlaganlar.