ADAPTIV JISMONIY TARBIYA VA SPORT
- Author: M.X.MIRJAMOLOV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Chirchiq
- Year: 2020
- Views: 21
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g’risida”gi Farmonining 4.4-bandida “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo`yicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlari sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish masalasi belgilab berilgan. Ushbu Farmonda jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning oliy o`quv yurtlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni ko`zda tutgan.