166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi

Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi

  • Author: Tog’ay Murod
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: sharq
  • Year: 2001
  • Views: 296
Sign up for read

Tagi ko‘rmaganga gilam bitmasin. 
Qodir qulni chevarasi, Xolmat malayni nevarasi, Eson xizmatkorni bolasi Botir qo‘shchi 
tumandan aynib keldi. 
Qo‘shchi kalondimog‘-kalondimog‘ qadam bosdi. Kibor-kibor quloch otdi. Kerma qoshkerma qosh boqdi. 
Kolxoz idorasi qoshida oyoq ildi. Idora tomiga serdimoq nazar soldi. Gap yo‘q, so‘z yo‘q 
— narvondan tomladi. 
Tomda qo‘llarini ketiga qo‘ydi. Tom bosh-adog‘ilab qadamladi. Vazmin-vazmin 
qadamladi. Olislarga dono-dono boqib qadamladi. 
Birdan qoziqday qoqilib qoldi. Misoli haykal bo‘lib qoldi. Yerga shahodat barmoq o‘ynatdi. 
Lik-lik o‘ynatdi. Qorovulni imladi. 
Qorovul hadaha-hadaha keldi. Narvon poyida hayrona-hayrona turdi. Qoshi uzra kaft 
soyabon eta-eta mo‘ltaydi.