UMUMIY PEDAGOGIKA
- Author: N.H.Rahmonq.j|Iova
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: toshkent
- Year: 2008
- Views: 237
Ilm-fan. texnika ishlab chiqarish hamda texnologiya soha- larida, erishilayotgan yutuqlar uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat ynritayotgan ta'lim muassasalari uchun yangi avlod darsliklarini yaratishni taqozo etmoqda. Bu kabi o‘quv manbalarining yaratilishiga qo'yilayotgan talablardan eng muhimi - ulaming mazmunida mavjud ilmiy bilimlar o‘z ifodasini topibgina qolmay, shu bilan birga 0 ‘zbekiston Respublikasida, ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining mohiyati ham ochib berish sanaladi. Pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun moijallangan pedagogika darsligi amaldagi o'quv dasturida ilgari surilgan talablarga muvofiq yaratildi. Darslikning maqsadi - pedagogika fanining nazariy-meto- dologik asoslarini ochib berish, boiajak pedagoglar tomonidan ularning chuqur o‘zlashtirilishiga erishish, talabalarda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil eta olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Darslikning tarkibiy tuzilmasidan o‘rin olgan mavzular o‘z mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra “Pedagogikaning ilmiy asoslari”, “Yagona pedagogik jarayon”, “Taiim tizimini tashkil etish” hamda “Korreksion (maxsus) pedagogika” kabi boiimlar o‘rin olgan. Boiimlarda, o‘z ifodasini topgan mav- zulami ochib berishda g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro izchillik va man- tiqiylikning taininlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Mavzulaming bayonida, maqsadga muvofiq ravishda Sharq mutafakkirlarining qarashlari, xalq pedagogikasi asoslari dan foydalanish barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashga xizmat qiladi. Darslikni yaratishda mualliflar 0 ‘zbekiston Respublikasining “Taiim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi me’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan fikrlarga tayandilar. Pedagogika fanining umumiy asoslari mavjud ijtimoiy zaruriyat nuqtayi nazardan bayon etilgan.