EKOLOGIYA VA ATROF-MUHIT MUHOFAZASI
- Author: Sh. AVAZOV, F. SAYDAMAÒOV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2017
- Views: 216
Ushbu darslikda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi haqida asosiy
tushunchalar berilgan. O‘quv adabiyoti nazariy-amaliy qismdan iborat
bo‘lib, unda ekologiya, tabiatdan foydalanish, atrof-muhit muhofazasi
masalalari va muammolari qarab chiqilgan. Xususan, organizmlar, ularning
muhit bilan o‘zaro ta’siri, populatsiyalar, biosenozlar, ekologik tizimlar,
biosfera va uning evolutsiyasi, odam ekologiyasi, biosferaga antropogen
ta’sirlar, tabiatdan to‘g‘ri foydalanish va atrof-muhit muhofazasining asosiy
tamoyillari, sanoat va qishloq xo‘jaligi ekologiyasi asoslari, ekologiya huquqi
kabi masalalar tavsifi bayon etilgan.
Darslik kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, undan
umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari
o‘qituvchilari va talabalari ham foydalanishlari mumkin.