UYG‘OQ YURAK
- Author: IFTIXOR XONXO‘JAYEV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2012
- Views: 261
O‘ZBEK O‘G‘LI O‘ZBEK O‘G‘LI
Beshikdamas, ikki dunyo orasida,
Yelkasiga nomus nomli tig‘ iladi.
Sohibqiron Amir Te mur bolasi-da,
O‘zbek o‘g‘li sulton bo‘lib tug‘iladi.
Jonidan ham afzal bilib el g‘ururin,
Ona yurtga baxsh aylabon yurak qo‘rin,
Biri Shiroq, yana biri Jaloliddin,
Yurtga ko‘ksi qalqon bo‘lib tug‘iladi.
Olsa faqat Yaratgandan olar farmon,
Chehrasidan iymon nuri yog‘iladi.
Bu dunyosi bo‘lsa agar ulug‘ karvon,
O‘zbek o‘g‘li sarbon bo‘lib tug‘iladi