166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

SARVQOMAT DILBARIM

SARVQOMAT DILBARIM

  • Author: Chingiz AYTMATOV
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher:
  • Year: 2021
  • Views: 375
Sign up for read

Kasbim jurnalist bo‘lganligi sababli Tyan-Shanda tez-tez bo‘lib turishga to‘g‘ri kelardi. Bundan bir yarim yil muqaddam, bahor kunlaridan birida meni shoshilinch suratda redaktsiyaga chaqirib qolishdi. Bu vaqt men Tyan-Shan oblastining markazi Norinda edim. Avtostantsiyaga yetib kelsam, bundan bir necha minut ilgari avtobus jo‘nab ketgan ekan. Navbatdagi mashinani yana besh soatlar chamasi kutish kerak edi. Xullas, birorta yo‘lovchi mashinada ketishga urinib ko‘rishdan boshqa iloj qolmagan edi. Shu maqsadda shahar chekkasidagi tosh yo‘lga qarab yugurdim.