GEOGRAFIYA TA’LIMI METODIKASI

- Author: VAXOBOV H.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2007
- Views: 400
Maskur o’quv qo’llanma universitetlarning 5440500-geografiya mutaxassisliklari talabalariga shuningdek, geografiya o’qituvchilari tayyorlaydigan pedagogika universitetlari va institutlarning talabalariga hamda maktab geografiya o’qituvchilari uchun mo’ljallangan.
Maskur o’quv qo’llanma kirish va olti qismdan iborat. Birinchi qism-Geografiya o’kitish metodikasi fanining maksadi va vazifalariga hamda ushbu fanning rivojlanish tarixiga bag’ishlangan. Qo’llanmaning ikkinchi qismi- O’qitish metodlariga qaratilgan, unda yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga katta e’tibor berilgan. O’quv vositalariga o’quv qo’llanmaning 3-qismi bag’ishlangan, qo’llanmaning 3-qismi geografiya darsi va uning turlariga bag’ishlangan. Unda geografiya darsiga qo’yiladigan talablar, geografiya darsining tuzilishi va o’lchamlari hakida bilimlar yoritilgan. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlar qo’llanmaning beshinchi qismida berilgan. Unda o’quv sayoxatlari, to’garaklar, olimpiadalarni o’tkazishni ilmiy-metodik asoslari yoritib berilgan. Maktab geografiya predmetlarining mazmuni oxirgi qismda berilgan.