BIOGEOGRFIYA
- Author: Izzatullayev Zuvayd
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Samarqand
- Year: 2013
- Views: 244
Biogeografiya tirik organizmlar va ularning jamoalarini yer sharida geografik tarqalishining
umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. U tirik organizmlarning tarqalishiga va
taqsimlanishiga tasir etuvchi omillarning uyg’unlik qonuniyatlarini ham aniqlaydi.
Bu fanning o’ziga hosligi shundaki, u muayyan joyning organik olami haqida ma’lumot
to’plashda va tavsiflashda ham bu manbani biologik va geografik nuqtai nazardan
uyg’unlashtirilganligidan hulosalar chiqaradi. Biogeografiya har bir olingan natijani taqqoslaydi
va geografik jihatdan baholaydi.