TARIXIY GEOLOGIYA VA REGIONAL GEOLOGIYA ASOSLARI

- Author: X.CHINIQULOV, B.F.MELIBOYEV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2017
- Views: 334
O‘quv qo‘llanmada Yer kurrasi, atmosfera, gidrosferaning kelib chiqishi
va rivojlanishi, kontinental va okean po‘stlarining hosil bo‘lishi va evolutsiyasi
haqida zamonaviy tushunchalar bayon qilingan. Stratigrafiya, paleogeografiya va
paleotektonika usullari yoritilgan, geologik o‘tmishdagi landshaftlar va organik
dunyo qayta tiklangan, Yer sferalari evolutsiyasi ko‘rib chiqilgan. Arxey va proterozoy
eonlari venddan boshlab barcha davrlarning to‘liq tavsifi keltirilgan.
Tarixiy-tektonik tahlil yondashuvi orqali O‘zbekiston hududiga oid tektonikgeologik
materiallarni tartibga solish va tahlil qilish asosida tektonik rayonlashtirilgan.
Ushbu qo‘llanma geologiya yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari
uchun tavsiya etiladi hamda shu yo‘nalishdagi mutaxassislar ham foydalanishlari
mumkin.