TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISH

- Author: Qodirov D.T.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Namangan
- Year: 2021
- Views: 665
Fanni o‘rganishdan asosiy maqsad — ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish va takomillashtirish asosida texnologik mashinalarning eng qulay sharoitlarda ishonchli ishlashini, mahsuldorlik va mahsulot sifatiiing yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishini va shu bilan birga mehnat madaniyatining yuqori bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Buning uchun texnologik jarayonlarni tayyorlovchi muhandis texnologlar, mexanik va konstruktorlar avto-matlashtirish asoslarini va uning texnik vositalarining tuzilish hamda ishlash asoslarini mukammal bilishlari, avtomatlashtirish bo‘yicha davlat standarti talablariga amal qilishlari va bu soha bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnomalardan yaxshi foydalana bilishlari lozim. Ushbu fan sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, ularning tasnifi, hisoblash usullari, fanning tarixi va rivojining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar parametrlarini texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning istiqboliga ta’siri masalalarini qamraydi.