166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

UMUMIY ASTRONOMIYA

UMUMIY ASTRONOMIYA

  • Author: MAMADMUSA MAMADAZIMOV
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Yangi asr avlodi
  • Year: 2008
  • Views: 299
Sign up for read

Umumiy astronomiya kursi talabalarda asosan ilmiy dunyoqarashni
shakllantirishni ko'zda tutgan holda, ularga Koinotning tuzilishi va evolyutsiyasi
to'g'risidagi ilmiy tasawumi, osmon jismlari va ulaming sistemalarining fizik
tabiatlari haqida tushunchalami shakllantirishni hamda astronomiyaning inson
o'z hayotida foydalanib kelgan va foydalanayotgan ayrim amaliy tomonlarini
ko'rsatish, tushuntirishni maqsad qiladi.
Astronomiya kursi shuningdek talabalarda, osmon jismlari, ularning
sistemalarida kechadigan barcha hodisalaming fizik mohiyatini ilmiy talqin
etishga va bu hodisalaming kechishida hech qanday g'ayri-tabiiy kuchlaming
o'mi yo'qligiga shuningdek, ular tabiatning mavjud qonunlari asosida ro'y
berayotganligi borasida to'g'ri ma’lumotlami beradi.
Zamonaviy astronomiya elektromagnit to'lqinlar shkalasining deyarli
barcha diapazonlarini zabt etib, bu to'lqinlarda Yerdan va Yer atmosferasidan
tashqarida to'la kuzatish olib boradi.
Oxirgi yillarda quvvatli teleskoplarning ishga tushirilishi, o'nlab sun’iy
yo'ldoshlar yordamida elektromagnit to'lqinlar shkalasining qisqa to'lqinli
diapazonlarda olib borilayotgan kuzatishlar, insonning ko'rish chegarasini bir
necha milliard yorug'lik yiliga teng masofaga qadar cho'zishga imkon berib,
Koinot qa’rida ko'z ko'rib, quloq eshitmagan behisob g'aroyib hodisalar va
ko'plab juda quvvatli obyektlarning kashf etilishiga olib keldi. Bu obyektlarda
(neytron yulduzlar, kvazarlar va boshqalar) kechadigan fizik jarayonlar, ko'p
hollarda jumboqliligi bilan nazariyotchi va amaliyotchi fiziklarni hayratga
solmoqda. Bu hodisalar sirlarini bilish, oqibatda insoniyatga plazma fizikasi,
yadro fizikasi va energetika muammolarini hal qilishda katta yordam bera olishi
ko'zda tutilmoqda. Shu bois Koinot evolyutsiyasi va undagi fizik jarayonlar
bilan XXI asr talabalarini tanishtirish, ulami global masshtabda fikrlash va
tafakkur qilishni o'rgatish astronomiya predmetining o'z oldiga qo'ygan muhim
vazifalaridan hisoblanadi.
Bakalavriatning «fizika-astronomiya» ixtisosligiga mo'ljallangan umumiy
astronomiya kursi 210 soatga mo'ljallangan bo'lib, o'quv dasturida keltirilgan
materiallami to'liq o'z ichiga oladi. Darslikda bayon qilingan o'quv
materiallarining ma’lum qismi, talabalar tomonidan bilimlarni chuqurlashtirish
maqsadida, mustaqil o'qish uchun tavsiya etiladi. Darslik mazmuni negizida,
o‘quv dasturi bo'yicha mo'ljallangan astronomiyadan amaliy va laboratoriya
mashg'ulotlarini ortiqcha qiyinchiliklarsiz to'liq bajarish imkoni mavjud.