BIZNES MUHITI
- Author: AXMEDOV D.Q., KASIMOV O.M
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2019
- Views: 341
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan tasdiqlagan “Kasbhunar kollejlari barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlash davlat standartlari” asosida yozilgan. O‘quv qo‘llanma o‘z ichida korxona va kichik korxonalar mohiyati, tadbirkorlik mazmuni va uning jamiyat uchun ahamiyati, tadbirkorlik salohiyati va xarakteri qirralari, tadbirkor bo‘lish yo‘llari, biznes g‘oya, o‘z biznesini yaratish yo‘llari va uni boshqarish usullari, biznes-rejani tayyorlash hamda o‘z biznesini rivojlantirishning keyingi yo‘nalishlari, tadbirkorlik subʼektlarini soliqqa tortish tartibi nazariy va uslubiy jihatdan atroflicha yoritilgan. Shu bilan birga ushbu o‘quv qo‘llanma o‘zida qiziqarli ish o‘yinlari, keys-stadilar va biznesga oid turli maslahatlarni qamrab olgan. O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar professor-o‘qituvchilari va talabalariga, shuningdek, biznes maktablari o‘qituvchilari va tinglovchilari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik biznes xodimlari hamda tadbirkorlik va biznes bilan qiziquvchi keng jamoatchilikka mo‘ljallangan.