ATOM FIZIKASI

- Author: G.AHMEDOVA, I.XOLBAYEV, O.B.MAMATQULOV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: TOSHKENT
- Year: 2012
- Views: 386
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimini darslik va o‘quv adabiyotlari bilan
ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2009-yil 5-yanvar 4-son
qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan 27-iyul 2006-yilda tasdiqlangan fizik-bakalavr
yo‘nalishlari uchun atom fizikasidan dastur asosida tayyorlandi. O‘quv
qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining fizik-bakalavr mutaxassisligi bo‘yicha
ta’lim olayotgan talabalarga, umuman, fizik mutaxassislarga mo‘ljallangan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada atom fizikasi fanining taraqqiyot bosqichlari,
yutuqlari, issiqlik nurlanishi, elektromagnit nurlanishning korpuskulyar
xususiyatlari, zarralar va to‘lqinlar, vodorod atomining Bor nazariyasi, kvant
mexanikasining asoslari, bir elektronli va ko‘p elektronli atomlar, rentgen
spektrlari, atom tashqi kuchlar maydonida, molekulalar xususiyatlariga oid
ma’lumotlar bayon qilingan.
O‘quv qo‘llanmadan oliy o‘quv yurtlari fizik-bakalavrlari,
magistrantlar, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar hamda akademik liseylar, kasbhunar
kollejlari talabalari, umuman, atom fizikasi faniga qiziquvchilar
foydalanishlari mumkin.