SANGARDAK DARYOSINING GIDROLOGIK TAVSIFI
- Author: Djuraboyeva Nodira Fazliddinova
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2017
- Views: 221
Arid iqlimli rayonlar, jumladan O‘zbekistonning tabiiy geografik va iqlim xususiyatlari qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishni sug‘orishsiz amalga oshirib bo‘lmasligini taqozo etadi. Bu esa suv resurslarining tabiiy yo‘qotilishiga qo‘shimcha holda, uning miqdorini yanada ko‘proq bo‘lishiga olib keladi. SHu sababli O‘zbekistonda bugungi kunda sug‘oriladigan yerlar maydonining keskin ortishi natijasida daryo suvlari yo‘qotilishini baholash va suv resurslari holatini nazorat qilish muammolari juda muhim hisoblanadi. Mazkur muammolar, ayniqsa suv resurslari taqchilligi sharoitida, inson bilan atrof-muhit orasidagi uzviy munosabatlarning muhim jihatlarini belgilaydi. Bu muammoni O‘zbekistonning arid iqlimli rayonlaridan biri hisoblangan Surxondaryo havzasi daryolari misolida ko‘rib chiqish yanadadolzarbdir.