GEOGRAFIYA

- Author: Gulmurzayeva R. E.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2013
- Views: 264
Geografiya fani sizga maktabdan tanish. Boshlang’ich sinflarda “Atrofimizdagi olam”, “Tabiatshunoslik” o’quv fanlarini o’rganishdan boshladingiz. “Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi” darslarida ko’plab bilimlarni egalladingiz, ya’ni geografik xaritalar, joy planini olish, Yer qobiqlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, Yer yuzi tabiati, iqlimi, yil fasllarining almashinishi, tabiat zonalari, yirik daryolar, okeanlar, relyef shakllari va Yer yuzi aholisi haqidagi ma’lumotlarni o’rgandingiz. 6 – sinfda “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” fanidan har bir materikning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi, relyefi, tabiati, iqlimi to’g’risida ko’plab qiziqarli ma’lumotlarni bilib oldingiz. O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiati haqidagi, “O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursida mamlakatimizning, “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursida xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi bilan tanishib chiqdingiz.