MAMLAKATIMIZNI YANADA OBOD ETISH VA MODERNIZATSIYA QILISHNI QAT’IYAT BILAN DAVOM ETTIRISH YO‘LIDA 21
- Author: Ислом КАРИМОВ
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Кирилл ёзувида
- Publisher: ЎЗБЕКИСТОН
- Year: 2013
- Views: 231
TAQDIRIMSAN, BAXTIMSAN, ERKIN VA OZOD VATAN! O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi Aziz vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Bugun biz mamlakatimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqea – O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishgan kunning yigirma bir yilligini nishonlamoqdamiz. Ana shu buyuk sana bilan, xalqimiz asrlar davomida intilib, orziqib kutgan, haqiqatan ham, barchamiz uchun eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lmish O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash men uchun katta baxtdir. Men ishonaman – asrlar, zamonlar o‘tar. Ammo barchamizga o‘zligimizni anglash, insoniy sha’nimizni, qadr-qimmatimizni, o‘z yurtimizga egalik qilish huquqini, tilimiz, muqaddas dinimizni, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni qaytarib bergan bu ulug‘ ayyom Vatanimiz tarixida oltin sahifa bo‘lib, abadiy saqlanib qolajak