AN‟ANAVIY XONANDALIK

- Author: SAMANDAR XUDAYBERGANOV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Xorazim
- Year: 2020
- Views: 280
Oliy ta‘limda musiqa ta‘limi yo'nalishi talabalarining xalq qo'shiqchiligiga xos
o'quv malakalarini yuzaga chiqarish, ularga xalq qo'shiqlarini jamoa bo'lib va yakka
holda kuylay olish va maqom guruhlarini tashkil qila olish bo'yicha mukammal bilim
berish va jamoaga rahbarlik qila olish xususiyatlarini shakllantirish an‘anaviy xonandalik
fani orqali amalga oshiriladi.
Talabalarning an‘anaviy xonandalikda guruh va yakka holda kuylashning tabiati,
didaktik tamoyillari va boshqa qonuniyatlarni bilib olishiga, xalq qo'shiqchiligi va maqom
repertuarlari bilan bevosita tanishish va ularni tanlash bo'yicha yuksak badiiy didga ega
bo'lishiga, jamoada kuylash bilan ishlash jarayonida inson organizmida yuz beradigan
ruhiy-fiziologik o'zgarishlarni his qilish va unga ko'nikma hosil qilishiga, maqom
qo'shiqchisiga va maqomchilar dastasi rahbarligiga qo'yiladigan talabalarni bilishiga va
unga o'rgata borishi fanning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.