«BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TASVIRIY SAN’AT VA UNI O’QITISH METODIKASI»

- Author: SHABBAZOVA D.R.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Termiz
- Year: 2014
- Views: 200
Pedagogika fanidan shu narsa ma’lumki, «metodika» so’zi (uslub ifodasi) - ifoda
etishdan olingan bo’lib, o’rgatiladigan o’quv materialani o’quvchilarga o’rgatish, o’qitish, va
o’zlashtirishning nazariy va amaliy asosi - faoliyati yoki usulidir. Ya’ni «uslub» deganda
tasviriy san’atda rasmi chiziladigan ob’ektni, naturani yoki tahlil etiladigan san’at asarini
o’quvchilarga tushuntirish yoki uning nazariy va amaliy asoslarini tahlil etib berishni yoki
o’rganishni yo’l-yo’riqlarini, uslublarini tushuniladi. Tasviriy san’atni o’qitish uslubiyoti
kursi bo’lajak pedagoglarga maktabda tasviriy san’atni o’qitish va o’rgatishni eng oson,
qisqa va ilmiy asosda bo’lishi uslubini o’rgatuvchi fandir.