166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI

BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI

  • Author:
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Toshkent
  • Year: 2022
  • Views: 299
Sign up for read

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng o'z milliy qadriyatlarini tiklash yo'lida jamiyat hayotining har bir jabhasida sobitqadamlik bilan ish olib bormoqda. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda tabiatshunoslikning roli katta. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog'cha yoshidan boshlamoq kerak. Shunga ko'ra bolalar bog'chalarida murg'ak qalblarga ta'lim arbiya berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng muhim vazifalaridan biri ham bolalarning tabiat go'zalliklarini ko'ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz bera gan voqeahodisalar haqida to'g'ri tushunchaga ega bo'lishi, qolaversa tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo'lmog'i lozim. O'quv qo'llanmada Respublika Xalq ta'limi vazirligi tomonidan joriy etilgan bolalar bog'chalarini tabiat bilan tanishtirish dasturi, O'zbekistonning o'ziga xos etnik xususiyatlari, geografik iqlimi, tabiiy xususiyatlari o'rin olgan hamda amaliyotda erishilgan yutuqlar asosida ta'lim tarbiya haqida nazariy g'oyalar berilgan. Qo'llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh bosqichiga xos psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ilk yoshdagi kichik guruhdan to maktabgacha tayyorlov guruhi uchun mo'ljallangan bilim va ko'nikmalar hajmini o'z ichiga oladi. Bolajak bog'cha tarbiyachilari uchun eng muhimi, ta'lim tarbiya tizimini tushunib olish, tabiat bilan tanishtirishning shakl, metod va uslublarini, shu bilan birga, bolalarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qilishni o'rganib olishdir.