MARKAZIY OSIYO MADANIYATI GENEZISI VA TARAQQIYOTI
- Author: Alimova R
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2015
- Views: 219
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi mintaqa bilan qo‘shni hududlar; Janubiy Rus dashtlari, Shimoliy Kavkaz, Shimoli-Sharqiy Xitoy, Tibet, Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, Shimoli-Sharqiy Eron xalqlari tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Shu jumladan, qariyb ming yillar davomida Markaziy Osiyoda nomad madaniyati nomi bilan fanga kirib kelgan ko‘chmanchi xalqlarning turmush tarzi, o‘ziga xos boshqaruv apparati, xo‘jalik tuzumi, ijtimoiy munosabatlari, madaniy va ma’naviy hayoti uzoq tarixiy taraqqiyot davrini boshidan kechirgan. Ushbu tarixiy Mintaqa g‘arbda Shimoliy Qora dengiz bo‘ylari, Sharqiy Yevropa, Janubiy Rus dashtlari, Janubiy Sibir, Shimoliy Kavkaz, sharqda Oltoy tog‘larining sharqiy etaklari, janubda Hindistonning shimoliy hududlarini o‘z ichiga olgan etno-geografik hudud bo‘lib, bu yerda ko‘chmanchilik turmush tarziga ega xalqlar o‘troq aholi bilan yonma-yon yashab kelgan. Mazkur hudud bilan bog‘liq juda ko‘p etno-siyosiy jarayonlar, muhim tarixiy voqealar kechgan bo‘lib, ularni o‘rganish Markaziy Osiyo xalqlari tarixini tadqiq qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.