RANGTASVIR 5-9 sinflar
- Author: T. Qo'ziyev T. Qanoatov, A. Nurqobilov
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: «SAN’AT»
- Year: 2003
- Views: 263
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin'jamiyatimizda katta xayrli o'zgarishlar sodir bo'Idi. Yangi tashkil etilgan akademik litsey, kollejlarda tahsil olayotgan yoshlarning badiiy va estetik tarbiyasiga katta e'tibor bilan qaralmoqda. Inson ijodiy faolligi uning har tomonlama kamol topishida rnuhim omil bo'lib, uni estetik to'laqonliksiz tasavvur etib bo'lmaydi. Inson hayoti jism va buyumlar qurshovida kechadi. Rang-barang buyum va jismlar dunyosi borliqqa go'zallik, nafosat qonuni orqali qarashga undaydi. Ushbu darslik - Rangtasvir san'ati sirlarini o'rganishda asosiy qo'llanma bo'lib, u o'zbek xalqining ko'p asrlik badiiy merosi, uning jahon san'ati taraqqiyotida tutgan o'mi haqida tasavvur beradi. Tasviriy, amaliy san'at va dizayn sohasi ijodkorlarini, eng avvalo yosh iste'dodlarni xalqimizning boy ma’naviy dunyosini, shuningdek jahon tasviriy san'ati durdonalarini o'rganishda yaqin ko'makchi hamdir. Ushbu darslikka ko'rgazma faoliyati orqali o'zbek tasviriy san'ati yutuqlarini O'zbekiston va xorijda keng tanitib kelayotgan O'zbekiston Badiiy Akademiyasi o'quv muassasalarida dastlabki sinovdan o'tgan o'quv reja va dasturlari asos qilib olindi.