MUSTAQIL 0‘ZBEKISTON TARIXI

- Author: Narzulla Jo‘rayev,
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Ғафур Ғулом
- Year: 2022
- Views: 289
Mustaqillik yiilari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo‘lgan dunyoviy muammolar-u serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumush- larimizgacha bo‘lgan barcha hodisalarni o‘zida mujassam etadi. Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo‘yadi. Tadqi- qotchilar birinchi navbatda xalqimizning mustaqillikka erishish yodidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo'lga kiritish yo'llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy omillarini o‘rganish va milliy g‘oyani yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim.