MEHNAT TA’LIMI
- Author: X.R. Sanakulov, D.P. XodIyeva, A.R. Sanakulova
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Sharq
- Year: 2016
- Views: 236
Siz 2-sinf «Mehnat ta’limi» darsida qo‘l
mehnati bilan bajariladigan ish namunalarini o‘rganish bilan birga mehnat anjomlaridan to‘g‘ri foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni o‘rgandingiz. Amaliy
ishni bajarish bilan birga o‘z mehnatingiz
natijasidan zavqlandingiz.
Endi siz 3-sinfda qog‘oz, karton, har
xil tabiiy materiallardan bajarilishi murakkab, ko‘p bosqichli bo‘lgan turli shakllarni
yasash-qurishni, bezakli o‘yinchoqlar, maket va modellarni yasashni o‘rganasiz.
Ushbu darslik sahifalarida berilgan ish
namunalarini chiroyli va sifatli bajarishda o‘qituvchingiz maslahati, ota-onangiz
ko‘magi va o‘z ijodiy bilimlaringizga
suyanmog‘ingiz kerak.
Aziz o‘quvchilar, darslikdan unumli foydalanib, topshiriq va mustaqil ishlarni to‘g‘ri
bajarishga harakat qiling.