166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

ERK

ERK

  • Author: PIRIMQUL QODIROV
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher:
  • Year: 2022
  • Views: 251
Sign up for read

Shahar chetidagi salqin chorbog‘dan birin-ketin beshta yengil mashina chiqdi-yu katta ko‘cha 
tomon burildi. Roziya ham shu chorbog‘dan chiqib, avtobus bekatiga qarab bormoqda edi. Mashinalar 
karvoni uni quvib o‘tganda, oldinda ketayotgan qora «Volga» birdan sekinladi. Orqadagilari ham 
tormozlarini g‘iyqillati6, uning ketidan to‘xtadi. 
Bu mashinalarda moskvalik mehmonlar va ularni olib yurgan mezbonlar kelayotganini Roziya 
bilar edi. Shahar mehmonxonalari issiq bo‘lganligi uchun moskvalik mutaxassislarga bog‘dan joy 
qilingan. Roziya hozir ularga kerakli ma’lumotlarni berib qaytmoqda edi. Endi ular hammasi nega 
to‘satdan to‘xtab qolganiga qiziqib mashinalarga ko‘z yugurtirdi.