166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

“FARMATSEVTIK KIMYO”

“FARMATSEVTIK KIMYO”

  • Author:
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Toshkent
  • Year: 2016
  • Views: 865
Sign up for read

Farmatsevtik kimyo farmatsiya fanlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallab, dori 
moddalarning olinishi, kimyoviy tuzilishini aniqlash, sifatini nazorat qilish va standartlash, 
turg‘unligini, saqlash muddatini aniqlash va saqlash sharoitini belgilab berish kabi 
muammolarni hal etadi. 
Ushbu fan asos kimyo va fizika, tibbiyot fanlarining qonuniyatlari va usullaridan dori 
vositalarini izlab topish, ularni sifatini nazorat qilish uchun foydalanib, dori moddalari va dori 
preparatlarining sifatini baxolash, shuningdek biofarmatsevtik, farmakokinetik tahlil usullarini 
ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Dori vositalari uchun asosiy sifat standartlari bo‘lgan 
me'yoriy hujjatlar, ularning tuzilishi, ko‘rsatkichlarini aniqlash usullarini ishlab chiqish va 
takomillashtirish, dori vositalarining barqarorligini ta'minlash va yaroqlilik muddatini aniqlash, 
saqlash sharoitlarini belgilab berish ham ushbu fan zimmasiga yuklatilgan. Dori vositalarining 
sifatliligini ularning tozaligi orqali belgilanganligi uchun ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan, 
shuningdek yot aralashmalarni aniqlashning aniq va sezgir usullarini ishlab chiqish ham muhim ahamiyat kasb etadi.