KO'K TURKLARI ASIRI

- Автор: Nouman Smaylz
- Язык: O'zbek tilida
- Алфавит: Lotin yozuvida
- Издательский: Toshkent
- Год: 2015
- Просмотры: 354
Shuni aytishim kerakki... ma'zur tutgaysiz, buni inglizchada aytmasam bo‘lmaydi. Bilaman, mening inglizcham buzuq, jaydari, hashaki inglizcha, lekin dunyoninng yarmidan ko‘pi mana shunday inglizchada gaplashadi-ku, deya o‘zimni ovutaman. Nafsilamrini aytganda, men buni inglizchadan boshqa ko‘pgina tillarda yetarlicha go‘zal hikoya qilib berishim mumkin edi. Afsuski, bu borada ancha chegaralanganman. Shu kungacha men inglizchada «Men buni juda yaxshi ko‘raman» emas, «Men buni yaxshi juda ko‘raman» deb keldim. Sizga aytmoqchi bo‘lganim shuki, notiqlik yoki uslubning ahamiyati yo‘q men uchun. Qolaversa, til grammatikaga amal qilish emas, balki muomala vositasidir, shunday emasmi? Aytadilar-ku, aytsam tilim, aytmasam dilim kuyar, deb. Mana shu narsa meni hikoyani boshlashga ruhlantirdi. Va nihoyat inglizcha mening tasarrufimdagi yagona bir til ediki, uni atrofimdagi kishilar mutlaqo tushunmasdi