166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

Ona tili 8-sinf

Ona tili 8-sinf

  • Author: M. Qodirov, H. Ne’matov, M. Abduraimova, R. Sayfullayeva
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Cho'lpon
  • Year: 2014
  • Views: 357
Sign up for read

Qadimda podshohlardan biri davlat ishlarini boshqarayotgan paytlarida o‘g‘lini yonida olib o‘tirar ekan.
Bir kuni podshoh kechasi ko‘rgan tushini munajjimga so‘zlab
berib, ta’birini so‘rabdi. Munajjim bilag‘on bo‘lsa-da, dilozor,
dag‘al so‘zli ekan. U tushga shunday ta’bir beribdi:
— Shohim, sizning barcha yor-u do‘stlaringiz o‘lib ketadi,
siz yolg‘iz qolib, ko‘p azob chekasiz.
G‘azablangan podshoh munajjimni jazolashni buyuribdi va
xuddi shu tushni tadbirkor, mulohazali, oqil vaziriga aytibdi.
Dono vazir bu tushga shunday ta’bir beribdi:
— Shohim, bu qutlug‘ tush sizga muborak bo‘lsin. Sadaqalar
bering, bandilarni zindondan ozod qiling. Tangri sizni barcha
yor-u do‘stlaringizdan uzoqroq umr ko‘rish baxtiga muyassar
qiladi.
Podshoh vazirini zar to‘n bilan taqdirlab, unga ruxsat
bergach, o‘g‘liga debdi:
— O‘g‘lim, har ikkalasi ham bir fikrni aytdi.
— Ammo qay tarzda, — deb e’tiroz bildirdi shahzoda.
— Gap xuddi mana shunda-da. Qarang, biri jazolandi, biri
esa taqdirlandi, — deb ziyrak o‘g‘lining fikrini ma’qulladi
podshoh.