166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

Shamol qo‘shig‘ini tingla

Shamol qo‘shig‘ini tingla

  • Author: Xaruki Murakami.
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher:
  • Year: 2017
  • Views: 236
Sign up for read

Mukammal matn deganlari, aslida, yo‘q narsa. Xuddi butkul umidsizlik bo‘lmaganidek».
Buni menga talabaligimda tasodifan tanishib qolgan bir yozuvchi aytgandi. Bu nimani 
anglatishini men ancha keyin tushundim — o‘sha kezda esa, bu, harqalay, bir tasalli edi. 
Mukammal matn yo‘q narsa, derdim o‘zimga o‘zim.
Lekin baribir biror narsa yozishga kirishdim deguncha, umidsizlikka tushardim. Chunki 
men yoza oladigan mavzular doirasi tor edi. Masalan, fil haqida nimadir yoza olardim, 
ammo fil bilan muomala qilishni eplashim dargumon. Shunaqa gaplar.
Sakkiz yil meni bu ikkilanish tark etmadi. Roppa-rosa sakkiz yil. Ozmuncha vaqt emas.
Lekin biror-bir yangi narsani o‘rganayotganingda, qarish unchalik azobli tuyulmaydi. 
Mavhumroq fikrlaganda shunday xulosaga kelasan.