166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

NASOYIM UL-MUHABBAT

NASOYIM UL-MUHABBAT

  • Author: Alisher NAVOIY
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher:
  • Year: 2022
  • Views: 267
Sign up for read

Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat mnn shamoyim ul-futuvvat» asari ilk bor arabiy, forsiy matnlar, ularning tarjimalari va izohlari bilan to‘liq holda nashr etilmoqda. Asar muqaddima va 770 ta shayx (35 tasi avliyo ayollar)iing hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan. Ilgarngi nashrida (1968) atigi 153 ta shayxlar haqida ma’lumot berilib, ayrim diniy va tasavvufiy atamalar ma’lum sabablarga ko‘ra tushirilib qoldirilgan edi.  «Nasoyim ul-muhabbat Abdurrahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot il-quds» tazqirasining tarjimasi, lekin Navoiy Jomiy asariga erkin, ijodiy munosabatda. bo‘ladi va uning asaridagi ma’lumotlarni to‘ldirib yoxud qisqartirib boradi va 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazadi.  Tarix va madaniy merosimizni keng o‘rganayotgan hamda naqshbandiylik ta’limotiga rag‘bat ko‘rsatayotgan ekanmiz, bu asarni to‘liq holda nashr etilishn ilmiy, ma’rifiy va axloqiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, Imom A’zam, Imom Moturidiy, Ahmad Yassaviy, Hakim Tirmiziy, Bahouddin Naqshbandiylarning aqida va qarashlari bilan xalqimizni, xususan, yoshlarimizni yaqindan tanishtirish joyizdir.  Asarni nashrga tayyorlashda O‘zR FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan 857 va 5420 inv. raqamli qo‘lyozmalar hamda «Nasoyim ul-muhabbat»ning Turkiyada chiqqan tanqidiy matnlari asos qilib olindi (Kamol Eraslan, 1996).  Matnlarni qiyoslash, shaxs va joy nomlarini to‘g‘ri yozish, tarjima va izohlar tuzishda Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot il-quds» asari qo‘lyozmasidan, Eronda (doktor Obidiy, 1370 H. sh.), Toshkentda (1916) chop bo‘lgan izohli manbalardan hamda Mahmud bin Usmon Ali (Lomi’iy Chalabiy, 1479—1532) tomonidan usmonli turk tiliga o‘girilgan tarjimadan foydalanildi.  Arabiy va forsiy matnlarni asarning oxiriga ilova qildik. Keyingi nashrlarda kitob yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, arabiy va forsiy matnlarni ham o‘z o‘rnida berib, chop etish nazarda tutiladi.