ONA TURKISTON
- Author: Rauf PARFI O‘ZTURK
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2022
- Views: 193
Turon. Turkiston. Vatan. Ko‘z o‘ngimizda turkiylarning qadimiyatdan Ona Yeri, Turk dunyosining tarixiy Vatani — salobatli jug‘rofiy hudud namoyon bo‘ladi. Turkiston g‘oyasi xalqlarimizning azaliy muqaddas orzusi, milliy mafkurasidir. Bukun Turkiston mavzuida izchil ijod qilayotgan shoir — Rauf Parfi O‘zturkdir. Ushbu to‘plamdagi she’rlarining aksariyati bir paytlar, zamona zayli bilan «tuzatilgan» holda chop etilgandi. Shoir asl matnni tiklab diqqatingizga havola qilmoqda. 1993 yil 27 sentyabrda R.P.O‘zturk o‘zining ellik yoshini nishonladi. Shu munosabat ila «Ona Turkiston» (qirq she’r) to‘qqizinchi kitobi chin yurakdan O‘zbekiston Istiqloliga, o‘z o‘quvchilariga, Sizga bag‘ishlaydi