Arxeologiya, qadimgi dunyo tarixi va etnografiya

- Author: Xasanov Sodiq Siddiqovich
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Samarqand
- Year: 2013
- Views: 233
O‗rta Osiyo, jumdadan O‗zbekiston hududidagi arxeologik tadqiqotlar XX
asrning 30 –yillaridan boshlab avj oldi. Bu ishni sobiq Ittifoq Fanlar
akademiyasining O‗rta Osiyo respublikalaridagi filiallari, Leningrad va
Moskvadagi ilmiy tashkilotlar, shuningdek, Moddiy madaniyat tarixi akademiyasi
(hozir Rossiya Fanlar akademiyasining arxeologiya instituti), SHarq madaniyati
muzeyi kabi tashkilotlar olib borganlar.
1934 yildan boshlab G.V.Grigorev rahbarligida Toshkent atrofi
yodgorliklarini va Samarqand yaqinidagi antik davrga oid obidalar qazib
o‗rganilindi. Professor M.E.Masson rahbarligida Termiz kompleks arxeologiya
ekspeditsiyasi (1936- 1938) va Katta Farg‗ona kanali ekspeditsiyasi (1939) ish olib
bordi.Olimlardan V.A.SHishkin Buxoro vohasida; A.I.Terenojkin, R. N.Nabiev va
boshqalar 1939-1940 yillarda Toshkent yaqinidagi Oqtepa va Toshkent kanali
hududida; 1938 yillarda esa akademik A.P.Okladnikov Surxondaryo viloyatining
Boysun tog‗larida arxeologik tadqiqotlarni olib bordilar.Mazkur
ekspeditsiyalarning samarali amalga oshishida o‗zbek olimlari bilan bir qatorda rus
olimlarining xizmatlari ham beqiyosdir.