ZOMINNING XV–XVI ASRLARDAGI TARIXIGA NAZAR

- Author: Jumaniyoz Sangirov
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2017
- Views: 405
Zomin tarixini yoritish borasida shu paytgacha anchagina izlanishlar qilingan. So‘nggi vaqtlardagi ilm fandagi yutuqlar bu izlanishlarni davom ettirishni va yanada boyitishni
talab etmoqda. Zomin tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘proq IX–X asrlarga tegishli
bo‘lib, undan oldingi va keyingi davr tarixi haqida yozma manbalar kam. Biroq keyingi
izlanishlar Zomin tarixi hamda u bilan bog‘liq ravishda temuriylar va shayboniylar davri
(XV–XVI asrlar) bo‘yicha anchagina ma’lumotlar olish imkonini bermoqda. Biz ushbu
risolamizda, manbalarni o‘rganish asosida Zominning ana shu davr tarixidan dengizdan
tomchini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.
Dastlabki izlanishlarimiz mahsuli bo‘lgan ushbu risola nafaqat Zomin, balki o‘lkamiz tarixiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Shuningdek, undan
oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan O‘zbekiston tarixi, tarixiy o‘lkashunoslik kabi
fanlardan qo‘shimcha manba sifatida foydalanish mumkin.