166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

Sohibqiron Qilichi

Sohibqiron Qilichi

  • Author:
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: O‘zbekiston adabiyoti va san’ati
  • Year: 2002
  • Views: 219
Sign up for read

Temuriylar tarixi davlat muzeyining burchagida oyna ostida bir surat bor. 
Damashqiy qilichning surati. Uning tagida qisqagina izoh yozilgan: “Amir Temurning
qilichi”.
Suratda damashqiy qilichning sopi va bir qarichcha qismi aks etgan. Uni ko‘rgan 
kishida daf’atan shunday fkr tug‘iladi: bu qilich fototasvirga olinganiga qaraganda 
hozir ham bor ekan-da! Sohibqiron bobomizning qilichi qaerda saqlanmoqda?
Sohibqiron “Tuzuklar”ida shunday yozgan:
“Qilich ko‘tarib jang maydoniga otildim va shu tariqa dunyoda nom chiqardim”.
Naql etilishicha, Sohibqironning padari buzrukvori Amir Tarag‘ayga tushida nuroniy 
bir zot qilich hadya qilgan ekan. Amir qilichni qo‘liga olib havoda o‘ynatganida qilich
yuzidan taralgan nurdan olam yorishib ketibdi. Amir Tarag‘ay tushini piri Amir 
Kulolga aytganida u bir o‘g‘il tug‘ilajagi va qilich bilan dunyoni fath etib, islomu 
imon uchun katta ishlarni amalga oshirajagini bashorat qilibdi.