«O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi»
- Author: Xadjiev Umrbek Shonazarovich
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Urganch
- Year: 2015
- Views: 132
“Sotsiologiya” fani mustaqil O’zbekistonimiz taraqqiyotida mustaqillik
sharofati munosabati bilan vujudga kelgan yangi fan hisoblanadi. Aslida
“Sotsiologiya” fani fan sifatida tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida XIX
asrning boshlarida G’arbiy Yevropada mustaqil fan bo’lib shakllanadi. Sotsial
qarashlar esa g’oyaviy ta’limotlar tarzida bir necha ming yillik tarixiga ega bo’lib,
dastlab Antik dunyoda Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq, Misr va Markaziy Osiyoda
ilgari surilib ijtimoiy-siyosiy g’oyalar bilan uzviy bog’liqlikda shakllanib vujudga
kelgan, rivojlanib taraqqiy etgan, Antik dunyo, G’arb va Sharqning buyuk
allomalari - Demokrit, Sokrat, Platon, Aristotel, Konfutsiy (Kun-Fu-Szi),
S.Guatama, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Xaldun,
Alisher Navoiy va boshqa ko’plab buyuk sotsial ta’limot namoyondalarining bu
sohada xizmatlari cheksiz bo’lgan. Ayniqsa Xitoyda “O’n uch kitob”, Hindistonda
“Veda” va “Upanishod”lar, Markaziy Osiyoda “Avesto” va ko’plab qadimiy
tarixiy manbalarda sotsial-g’oyaviy ta’limotlarning shakllanib rivojlanishida
muhim ahamiyatga ega bo’lgan qimmatli manbalar hisoblanadi. Mustaqil fan
sifatida shakllanishida esa frantsuz olimi Ogyust Kontning xizmati kattadir.