Qadimgi dunyo tarixi

- Author:
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: BUXORO
- Year: 2016
- Views: 291
Qadimgi Misrning geografik o`rni va tabiati. Misr Sharqdagi eng qadimgi davlatlardan biri bo`lib, u Afrika qifasining shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan mamlakatdir. Nil dunyodagi eng katta daryo, uzunligi 6000 kilometrdan ortiqdir. U Markaziy Afrikaning katta ko`llaridan oqib chiqadigan Oq va Ko`k Nil daryolarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. Daryo to`rt sharshara-ostonalardan o`tgan 700 kilometr masofada vohadan oqib o`tadi va bir necha tarmoqlarga bo`linib o`rtayer dengiziga quyOadi. Toshqin paytida Nil ko`pdan-ko`p o`simliklarni va turli tog' jinslarini oqizib keladi. Oqib kelgan tog` jinsfaridan daryo qip-qizil tusga kiradi. Toshqin tugagach, o`simlik chirindilari, tuproq va tog` jinslaridan hosil bo`lgan zarralar suv bosgan joylarda cho`kib, qoramtir quyqumlar qoldiradi. Quyqumlar qurib serhosii qora tuproqli yer hosil qiladi.