166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

TARIXIY GEOGRAFIYA

TARIXIY GEOGRAFIYA

  • Author:
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: NAMANGAN
  • Year: 2015
  • Views: 386
Sign up for read

Tarixiy geografiya fani - tarix fanining ajralmas qismidir. Mazkur fanni o`rganishdan maqsad O`rta Osiyoning eng qadimgi tarixi, ibtidoiy jamoalarning joylashgan manzilgohlari, qadimgi davlat chegaralari, qadimgi savdo yo`llari geografiyasi  qaqida ma`lumotlar olishdir. O’zbekiston istiqlolga erishgach, mamlakatimizda juda katta  tub sotsial-iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida ta’lim tizimida sifat bosqichiga o’tilib, bu sohada amaliy faoliyatlar boshlanib ketdi. Istiqlol yillarida ilm-ma’rifatga intilib yashagan ajdodlarimizdan qolgan madaniy merosni o’rganishda  ham katta yutuqlar ko’lga kiritildi. Bu borada Respublikamiz Prezidenti va Respublika xukumatining tariximizni, xalq milliy madaniyati va an’analarini chuqur o’rganish, uni keng targ’ib etishga qaratilgan  qator farmonlari va qarorlari chiqarildi. Ularda ona-Vatanimizning, halqimiz boy tarixini yaxshi o’rganmay turib, bugungi mustaqillik davri qadriga etmoq hamda yurtimiz  istiqbolini ko’ra bilmoq mumkin emasligi alohida qayd etilgan. Ko’xna va boy tariximizni o’rganishda, uni ilmiy  tahlil  qilish  va  umumlashtirishda tadqiqotchilar asosan ikki manbaga suyanadilar. Talabalar ushbu fanni o`rganish jarayonida quyidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak.