TANBEHUL–G‘OFILIYN
- Author: AL-FAQIH ABU LAYS AS-SAMARQANDIY
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2003
- Views: 301
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam hayotlik chog‘larida vahiy kelgandan boshlab to vafotlariga qadar aytgan so‘zlari, bajargan fe’llari, biron sahoba qilgan ishni tasdiqlaganlari yoki indamasalar-da, iqror qilgan narsalari hadis yoki sunnat deyiladi. Payg‘ambar (s.a.v.) davrlarida hadisni sahobiylar eshitiboq, yozmasdan unga amal qilar edilar. Chunki hadis Qur’on oyatlariga aralashib ketmasligi uchun Payg‘ambar (s.a.v.) uni yozishni man’ qilar edilar. Ammo Qur’on mukammal shaklda nozil bo‘lib, sahifalar holiga keltirib bo‘lingach, odamlar hadisni yozishga ehtiyoj seza boshlashdi. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan keyin tobe’inlar davrida Islom dushmanlari tomonidan Islomning ichiga har xil fitnalar va shular qatorida Payg‘ambar (s.a.v.) aytmagan yolg‘on hadislarni kirgizish hollari ko‘zga ko‘rina boshladi. Tobe’inlar davrida u qadar ko‘p hadis yozilmadi. Taba’ tobe’in va ulardan keyingi asrda yashagan olimlar hadisni chuqur o‘rganib, uni darajalarga bo‘lib, kitob shaklida yoza boshladilar. Buning barobarida hadis rivoyat qilishda asos bo‘lgan jarh va ta’dil ilmi ham kelib chiqdi.