166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

BIRINCHI MUALLIM

BIRINCHI MUALLIM

  • Author: Chingiz AYTMATOV
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher:
  • Year: 2022
  • Views: 319
Sign up for read

Bu suratni hali tamom qilganim yo‘q. Qanday chiqishini hozircha aytish qiyin. Har kuni ilk saharda turib, xomaki etyudlarimni yana ikki-uch marta ko‘zdan kechirarkanman, tong sukunatida u yoq-bu yoqqa asta-asta yurib o‘yga cho‘maman. Yo‘q, hali ko‘nglimdagini topganimcha yo‘q, yana tag‘in ko‘p ishi bor. Bu surat hali ko‘ngildagi bir tilak, qalbimni hayajonga solgan orzu-umid, xolos... Hali tamomlanmagan asar to‘g‘risida oldindan jar solishni o‘zim ham azaldan yoqtirmasdim. Bu baxillikdan emas. Beshikdagi chaqaloqning kim bo‘lib voyaga yetishini qayoqdan bilib bo‘ladi deysiz? Lekin bu safar o‘zingiz ko‘rib turibsiz, shu odatimdan voz kechib, xom-xatala asarimni o‘rtaga tashlab, undan gap ochmoqchiman... Indamay yurishga hech ilojim yo‘q. Rostini aytsam, bir o‘zim yolg‘izlik qilib qoldim, bezovta qilib, es-hushimni o‘zimga band etgan bu voqea yuragimga sig‘may, quchog‘im ham yetmay turibdi. Bo‘lgan voqeani aynan tasvirlab, xalqni undan bahramand qilsam, degan umidim bor. Istar edimki, ko‘pchilik ham fikr-mulohazalarini o‘rtaga tashlasa... Bu asar xalq damidan chiqqan olovdek bo‘lsa-yu, unga o‘z qoningizdan qon, kuchingizdan kuch qo‘shib bersangiz, shu vajdan bu voqeani sizlarga bayon etishni o‘z burchim deb bilaman...