MAXSUS PEDAGOGIKA
- Author: D.A.NAZAROVA Z.N.MAMARAJABOVA
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2019
- Views: 365
Mazkur darslik 5111900 – «Surdopedagogika» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Oliy ta’lim o‘quv muasasasida tahsil oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, «Maxsus pedagogika» fani namunaviy dasturi asosida yaratilgan. Darslikda surdopedagogika fanining umumiy asoslari; surdopedagogikaning rivojlanish tarixi; eshitishida muammosi bо‘lgan bolalarning psixologogik-pedagogik tasnifi; kar bolalar va zaif eshituvchilar maktabi didaktikasi; eshitishida va aqliy rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qitish mazmuni; eshitishida muammosi bо‘lgan bolalar tarbiyasi nazariyasi; maxsus ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribalar, maxsus ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalar samarasi, maxsus ta’lim jarayonida interfaol darsni tashkil etish, surdopedagogikada integratsiya va inklyuziv ta’lim muammosi va yechimlari; eshitishda muammosi bо‘lgan bolalar ta’lim tizimida koxlear implantasiya ahamiyati masalalari yoritilgan. Darslik 6 bо‘limdan iborat. Darslikning barcha bo‘limlarida ko‘tarilgan masalalar eshitishda muammosi bо‘lgan o‘quvchilarning nutqiy rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olgan holda korreksion yo‘nalishda tashkil etilishi yoritilgan. Darslik maxsus pedagogika sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida qo‘shimcha manba sifatida foydalanilishi mumkin.