MUSULMONNING ODOBI KITOBI
- Author: Zohidjon Islomov
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher:
- Year: 2022
- Views: 277
Har qanday farzand ma’lum bir muhitda, ma’lum bir oilada dunyoga keladi. Uning kelajakda kim bo’lib yetishishi albatta bevosita farzandga beriladigan e’tiqodiy, axloqiy tarbiyaga bog’liqdir. Farzandlarga odob berish eng avvalo oiladan boshlanadi. Ma’nan yuksak, go’zal xulqqa ega otaonalarning farzandlari ham odobli bo’ladi. Bu go’zal xulq, boshqalarning havasini keltiradigan odobaxloq inson ko’rki sanaladi. Go’zal xulq to’g’ri tarbiyaga daxldordir. Otaona farzandlarga yaxshi bilan yomonning, halol bilan haromning, ma’rifat bilan jaholatning, saxovat bilan baxillikning farqini aniq tushuntira bilishi va har vaqt ularni ezgulik yo’liga chorlashlari lozim bo’ladi. Darvoqe, otaonalar farzandlari uchun bu ezgu amallar uchun mezono’lchovni qayerdan oladi? Bu albatta muhim bir savol.