166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

NUR VA SOYALAR

NUR VA SOYALAR

  • Author: RABINDRANAT TAGOR
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Sharq
  • Year: 2006
  • Views: 277
Sign up for read

Kecha kunbo'yi yomg'ir yog'ib, bu kun tindi, quyosh va to'zigan bulutlar yetilayotgan ertagi 
sholipoyalarga qarab birin-ketin panjalarini cho'zmoqdalar. Keng va ko'm-ko'k dalalar quyosh nuri 
tushishi bilan birdan yalt etib porlaydi-yu, yana bir lahzada quymoq ko'lanka ostida qolib ketadi. 
Osmon sahnasida faqat ikki aktyor o'ynamoqda — bulut va quyosh, ularning har biri o'z rolini 
bajaradi, ammo yer sahnasida, ayni bir vaqtda necha joyda, qancha pyesalar o'ynalayotganini 
hisoblash mumkin emas. 
Biz qishloq yo'li ustidagi bir uyda o'ynalayotgan kichik bir hayot pesasini ko'rsatish uchun pardani 
ko'tardik. Bu uyning faqat ko'chaga qaragan bir xonasi g'ishtdan qurilgan, uning ikki tomonidan 
boshlanib ketgan eski g'isht devor hovlini tamom ihota qilib, hovlidagi boshqa loyshuvoq hujralarni 
ham o'z ichiga oladi. Yarim yalang'och bir yigitchaning divanda o'tirgani derazadan ko'rinib turadi, u, 
qo'lidagi kitobni o'qishga berilib, chap qoiidagi xurmo yaprog'i bilan ba'zi-ba'zida o'zini yelpib, 
chivinlarni haydaydi.